Samoviy otlar urushi

Samoviy otlar urushi

Sanalar Miloddan avvalgi 104—101-yillar[1]
Urush yeri Fargʻona vodiysi
Natija Xan imperiyasi gʻalabasi
  • Davan Xanning qoʻgʻirchoq davlatiga aylanadi
  • Xan oʻzining otliq qoʻshinlarini yangidan tashkil etish uchun 3000 ot oladi
  • Yucheng zabt etildi, podsho oilasi qatl etiladi
  • Gʻarbiy viloyatlar protektorati tashkil etildi
Raqiblar
Xan sulolasi Davan
Yucheng
Luntai
Qoʻmondonlar
Li Guangli
Shangguan Jie
Vang Shensheng
Xu Chongguo
Vugua
Jianmi
Kuchlar
1-(miloddan avvalgi 104-yil):
20000 piyoda
6000 otliq
2-(miloddan avvalgi 102-yil):
60000 piyoda
30000 otliq askar
100000 hoʻkiz
20000 eshak va tuya
Davan:?
Yucheng: 3000
Luntay:?

Samoviy otlar urushi yoki Xan—Davan urushi — miloddan avvalgi 104—102-yillarda[2] Xan sulolasi hukmronligi ostidagi xitoyliklar tomonidan Davan nomi bilan maʼlum boʻlgan saklar (skif) yashagan Fargʻona vodiysining sharqiy chekkasida boʻlgan harbiy toʻqnashuv[3][4]. Xan—Xunlar urushi atrofidagi geosiyosiy jarayon natijasida davanliklar va xitoyliklar oʻrtasida savdo kelishmovchiligi yuz beradi. Natijada Xanlar gʻalabasi bilan yakunlangan ekspeditsiyalar Xitoyga oʻz gegemonligini Gʻarbiy mintaqalardan Markaziy Osiyoga qadar kengaytirishga imkon bergan[5][6].

Xan imperatori Vu diplomat Chjan Syandan Davan davlati „samoviy otlar“ deb nom olgan tezkor va chopqir Farg‘ona otlariga egaligi haqida xabar oladi, bu esa koʻchmanchi Xunlarning otliqlariga qarshi kurashda va Xan davlati otliq qo‘shinlarining sifatini yaxshilashga katta yordam berardi. Shuning uchun imperator Vu Davanga elchilar yubordi. Elchining maqsadi mintaqani oʻrganish va bu otlarni olib kelish uchun savdo yoʻllarini koʻzdan kechirishdan iborat edi. Biroq, Davan podshosi nafaqat kelishuvni rad etdi, balki otlarga toʻlov sifatida yuborilgan oltinlarini ham musodara qildi. Xan elchilari uylariga ketayotganda pistirmaga uchrab, oʻldirildi. Xoʻrlangan va gʻazablangan Xan saroyi Davanni boʻysundirish uchun general Li Guangli boshchiligidagi qoʻshinni yubordi, ammo ularning birinchi bosqinlari yomon tashkil etilgan va yetarli darajada qurol bilan taʼminlanmagandi. Ikki yil oʻtgach, ikkinchi, kattaroq va ancha yaxshi taʼminlangan ekspeditsiya yuborildi. Yuborilgan qoʻshinlar Davan poytaxti Aleksandriya Esxatani (Ershini) muvaffaqiyatli qamal qildi (baʼzi manbalarda Ershi shahri Marhamat tumani Mingtepa hududida joylashgan deb tilga olinadi[7]) va Davanni soʻzsiz taslim boʻlishga majbur etdi. Xan ekspeditsiya kuchlari Davanda Xan tarafdorlari rejimini oʻrnatdilar va Xan imperiyasining yilqichilik tarmogʻini yaxshilash uchun yetarli miqdorda otlarni olib ketdilar[6]. Bu kuch prognozi, shuningdek, Gʻarbiy mintaqalardagi koʻplab kichik Toxar vohasi shahar-davlatlari savdo aloqalaridagi yetakchilikni Xunlardan Xan sulolasiga oʻtkazishga majbur qildi, bu esa keyinchalik Gʻarbiy mintaqalar protektoratining tashkil etilishiga yoʻl ochdi.

  1. „Государства Канг, Даван и Тахаристан“. vuzlit.com. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  2. R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. 1-kitob. Sharq — 92 bet. ISBN 9789943005822. 
  3. Abduxoliq Abdurasul oʻgʻli. Qadimgi Fargʻona tarixidan. Toshkent, „Fan“ — 11 bet. ISBN 5648028229. 
  4. 资治通鉴·卷二十一.太初元年、太初二年》
  5. Zhao Xu. „The four-footed legends of the silk road“. China Daily (2018-yil 26-may). Qaraldi: 2020-yil 4-aprel. Reprinted as an advertisement feature: Zhao Xu. „Heavenly horses, the four-footed legends of the Silk Road“. The Telegraph (2018-yil 21-iyun). 2019-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
  6. 6,0 6,1 Benjamin 2018.
  7. Б.М. Абдуллаев. „ДОВОН ДАВЛАТИ ВА УНИНГ ПОЙТАХТИ МУАММОСИГА ДОИР“. Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search